O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 14 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

14 martda ehtiroslarga berilmang, tuyg’ularga asir bo’lishdan saqlaning. Ular sizni charchatishi, muvaffaqiyatsizliklarga duchor etishi mumkin. Ayniqsa, ehtiros va tuyg’ular salomatligingizga putur yetkazishi mumkin. Moliyaviy masalada muammolarga duch kelsangiz ham xotirjamlikni qo’ldan bermang. Hatto, milliarderlar ham muammosiz yashay olishmaydi. Yaqinda biznesingizni ochgan bo’lsangiz, bugun xorijiy firmalardan biri bilan foydali shartnoma imzolashingiz ehtimoli bor.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugun asosiy e’tiborni oilangizga, ro’zg’or yumushlariga qaratishingiz tavsiya etiladi. Basharti bugun siz uchun dam olish kuni bo’lsa, ayni muddao. Ish haqida umuman o’ylamang. Vaqtingiz mazmunli o’tishi uchun qandaydir qiziqarli mashg’ulot topsangiz ham ziyon qilmaydi. Kimki bugun xizmat safariga jo’nasa, bilsinki, omad unga kulib boqadi. Yo’lda siz juda kerakli odamlar bilan tanishishingiz mumkin.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

14 mart kuni yaqin insoningiz bilan munosabatlarni yanada yaxshilash uchun o’zingizdan kechishingiz talab etiladi. Agar oilasiz bo’lsangiz va tuyg’ularingizni sof hisoblasangiz, o’zingizni o’zingiz yeyishdan tiyiling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ayrim mushkulotlar ko’ndalang bo’lishi kutiladi. Yaqin orada ishxonasida mukofot olishga umid bog’laganlar, niyatiga yetadi. Faqat mo’ljallaganingizdan ancha kam olishingiz mumkin. Kechqurun salomatlik haqida qayg’uring.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun ish bilan bir qatorda dam olish uchun alohida vaqt ajratishni ham unutmang. Sog’lom turmush tarzini boshlamoqchi edingiz. Unutib qo’ymang. O’zingizga o’zingiz va’da bergansiz-a! Muhabbatda sal injiqlik talab qilinadi. Shu narsa maqsadga yetishingizda yordam bera oladi. Faqat injiqlikni ham me’yoridan oshirib yubormang. Bu gaplar faqat oila qurmaganlarga tegishli. Oilalilarga injiqlik katta ko’ngilsizlik keltirishi mumkin.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

14 martda tafakkurni ishga solsangiz, ehtiyotkorlikni qo’ldan bermasangiz, ishlaringiz albatta baroridan keladi. Ayniqsa, ehtiyotkorlik ko’ngilsizliklarning oldini olishda katta yordam beradi. Oilasiz bo’lsangiz, muhabbatda siz tushib turgan vaziyatni boshqasiga almashtirib bo’lmaydi. Aniqrog’i, ayrim yaqinlaringiz boshqa insonni tanlashingiz tarafdori. Siz esa buni xohlamaysiz. Shu fikringizdan voz kechmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Kuningiz sokin kechadi. Kuni kecha u bo’ronli edi. Odatdagidek, kuchli bo’rondan so’ng albatta sokinlik hukm sura boshlaydi. To’g’ri emasmi? Niyatlaringizni oldindan chamalashni bas qiling. Baribir xudo xohlagan payt haqiqatga aylanadi. Agar og’ir-bosiq bo’lmasangiz, hamkasblar bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Qaysidir do’stingiz tushdan keyin qo’ng’iroq qilishi mumkin. Suhbat emotsiyangizni jilovlashda katta yordam beradi. Asablarni ehtiyot qiling.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

14 mart kuni qarshingizda ro’baro’ bo’luvchi ko’ngilsizliklarda o’zgalarni aslo ayblay ko’rmang. Bu muammoga yana muammo qo’shadi xolos. Ko’ngilsizliklar asosan pul masalasida, xarajatlarning daromaddan oshib ketishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Emotsiyangizni jilovda ushlang. Oilasiz bo’lsangiz, emotsiya sabab bo’lib bo’lg’usi juftingizni qattiq ranjitib qo’yishingiz mumkin. Kechqurun ayrimlar qisqa masofaga safar uyushtiradi. Safar sizga moddiy manfaatdorlik hadya etadi. Omadingizni bersin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Ishxonangizdagi rahbar sizni tanqid ostiga olishi kutiladi. Lekin bu tanqid ishga bo’lgan munosabatingizni salbiy tomonga o’zgartira olmaydi. Salomatligingizga e’tibor bering. Bugun zararli odatlardan voz kechish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun to’yib ovqatlanishdan tiyiling. Kechki payt qaergadir shaxsiy mashinangizda yo’l olsangiz, kichik muammolarga duch kelishingiz mumkin. Kechqurun pul bilan bog’liq yoqimli xabar eshitasiz.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

14 martda ish bajarishda shoshma-shosharlikka ruju qo’ymasligingiz tavsiya etiladi. Bu ish sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mayda-chuyda ishlarni ado etishda ham tartibga amal qiling. Uy va mashina ta’miri, garaj yoki dala hovli qurilishi, ro’zg’or uchun kerakli jihozlar xarid qilish muvaffaqiyatli yakunlanadi. Moliyaviy muammolarni boshqa kunlardagiga nisbatan tezroq bartaraf etishga erishasiz.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

Moliyaviy masalada ertalab muammolar paydo bo’lishi mumkin. Bunga sabab shuki, yirik va qimmat buyumni sotib olmoqchi bo’lasiz. Pulingiz esa yetarli chiqmaydi. Demak, qo’shimcha ish topishingiz kerak. Kunning ikkinchi yarmida uzoq qarindoshlardan biri bilan sen-menga borib qolishingiz ehtimoli bor. Lekin shaxsiyatiga tegadigan gaplarni tilga olib qo’ymang. Gunoh bo’ladi. Salomatligingiz pand bera boshlasa, xalqona usullar yordamida davolanishdan tiyiling.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

14 martda ko’ngli qora, ikkiyuzlamachi, hasadgo’y va nihoyat o’zingiz uchun raqobatchi hisoblanganlarga ro’baro’ bo’lishdan saqlaning. Imkoni boricha ularni aylanib o’ting. Bugun ishlaringiz juda ko’p bo’lishi kutiladi. Ish orasida dam olishga ham vaqt ajrating. Organizmni jismoniy zo’riqtirishingiz tavsiya etilmaydi. Kechqurun imkon topganlar basseynda cho’milishlari yoki saunada parlanishlari mumkin. Bu salomatlikka faqat foyda keltiradi. Omon bo’ling!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Oila qurmagan bo’lsangiz, muhabbatda diplomatlarcha ish tuting. Muhabbat qasrini o’z qo’llaringiz bilan bunyod etgansiz. Uni o’z qo’lingiz bilan buzishdan saqlaning. Agar tanlaganingiz siz bilan ochiqchasiga gaplashib olishni ixtiyor etsa, rozi bo’ling. Tadbirkorlarga bugun omad kulib boqadi. Siz anchadan beri mo’ljallab yurgan foydali shartnomaga nihoyat imzo chekasiz.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *