O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 13 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

13 mart kuningiz quyoshli va quvonchli lahzalarga boy bo’ladi. Xo’sh, qanaqasiga quvonchli kechishi mumkin? Siz ko’plab yangiliklardan xabardor bo’lasiz. Yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Ba’zilar sayohatga otlanishi ham ehtimoldan xoli emas. Oila qurmaganlar romantik uchrashuvdan bahra olishadi. Kechqurun ham yoqimli xabar kutib turadi. Toza havoda sayr qilishni ham esdan chiqarmang. To’g’ri, rejimga, me’yorga amal qilgan holda ovqatlaning.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Moliyaviy ahvolingizga real ko’z bilan boqishga harakat qiling. Agar uning ahvoli dahshatli darajada bo’lsa, bilingki, bunda o’zingiz aybdorsiz. Xarajatlarni ko’paytirib yuborgansiz. Daromad esa xarajatdan kamchilikni tashkil etib qolgan. Kechqurun favqulodda safarga otlanishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy mashinangizda yo’lga chiqsangiz, ehtiyotkor bo’ling. Tezlikni keragidan oshirmang. O’zingizga yaxshi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

13 martda ilgari ham sizga chin yurakdan yordam qo’lini cho’zib kelganlarga suyaning. Chunki bugun ham ayrim masalalarda yordamga muhtoj bo’lishingiz mumkin. Muhabbatda kutilmagan hodisalar yuz berishi kutiladi. Pul bilan bog’liq firiblardan juda ehtiyot bo’ling. Ko’chalarda notanish odamlar bilan gaplashishga to’g’ri kelsa ham ehtiyotkorlikni qo’ldan bermang. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Kuningiz omadli kechadi deb bemalol aytaversak bo’ladi. Xudoning o’zi sizni yo’qotishlardan, ko’ngilsizliklardan asraydi inshoolloh. Ishda barcha yumushlarni ado etib ulgurishingiz uchun qat’iyatli va mas’uliyatli bo’lishingiz lozim. Hamkasblar bilan ham munosabatlarni iliqligicha saqlab qoling. Kechki payt puldor tanishlaringiz sizga moliyaviy masalada yordam berishlari mumkin. Demak, moddiy ahvolingiz yaxshilanishidan umid qilsangiz bo’ladi. Omadingizni bersin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

13 mart kuni boshingizdan qanday ishlar o’tishidan qat’i nazar bardoshingiz, kuch va imkoniyatlaringiz yetarlicha bo’lishi kutilmoqda. Daromad va mukofotlarga qiyinchilik bilan ega bo’lish kerak bo’lsa, bunga ham bardosh qilasiz. Muhabbatda ham xuddi shu xislatlaringiz kerak bo’ladi. Ayrimlar kechqurun safarga otlanishlari mumkin. Safar yaqin kelajak rejalaringizni ham o’zgartirib yuborishi kutiladi. Kechqurun og’ir hazm bo’luvchi taomlar iste’molidan tiyiling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Agar xudodan keragidan ortiq so’rab qo’ymasangiz, kuningiz xayrli kechadi. Xudo berganiga shukr qiling. Kun davomida kimlarningdir aybi bilan yo’qotishlarga yuz tuta boshlaganingizni sezib qolasiz. Qo’shimcha daromadli ish topishingizga to’g’ri keladi shekilli. Internet orqali topish osonroq kechsa kerak. Kechqurun olisda yashovchi qarindoshlar sizga yoqimli bir xabarni yetkazishlari mumkin. Toza havoda sayr qiling. Sport bilan shug’ullanishingiz buguncha tavsiya etilmaydi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

13 martda birinchi o’rinda moliyaviy ahvolingizni yaxshilash masalasi turishi lozim. Jamiyatda boshqalar kabi omadli insonga aylanishni xohlasangiz, bardoshli bo’ling. Olg’a yurishdan tiyilmang. Ayollar, qizlar bugun tashqi ko’rinishlariga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Sartaroshxona yoki go’zallik saloniga borib kelishga erinmang. Natijasini ko’rib o’zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Salomatligingizni asrang.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Professional kasbingiz bilan bog’liq ishlarni buguncha kamroq bajarib turishingiz talab etiladi. Shaxsiy muammolar, qarindoshlarga yordam ko’rsatish, ro’zg’or kemtiklarini to’g’rilash ham sizning vazifangiz ekanini unutmang. Tashqarida qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan ehtirosli lahzalar tashkil etishdan tiyiling. Sharmanda bo’lasiz. Nimaiki ishga qo’l ursangiz, qalbingizga quloq tuting.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

13 mart kuni bardoshli va qat’iyatli bo’lishingiz kerak. Shunda ezgu niyatlarga yetishingiz oson kechadi. Ish bajarishda ham, atrofdagilar bilan muloqotda ham hazil-mutoyibani aralashtiring. Qayg’uli lahzalarga nisbatan sal beparvoroq bo’ling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ham bu jihatlar sizga katta yordam beradi. Kechqurun yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

Ishda ham, muloqotda ham oldin fikrlab, keyin harakatlar sodir eting. Atrofdagilar bilan suhbatlar paytida tilingizni tiygan holda tinglovchi vazifasini o’tasangiz ham foydadan xoli bo’lmaydi. O’zingizga nisbatan tajribasi ko’plarning maslahatlariga amal qiling. Oilaviy hayotingizda ko’plab mayda-chuyda muammolar xunob qilishi mumkin. Muammolardan faqat uyquga yotgandan keyingina xalos bo’lasiz.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

13 martda telefon orqali u qadar yoqimli bo’lmagan xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Baribir yaxshiliklarga o’zingizni tayyorlashdan tiyilmang. Ruhan tetik bo’ling. Ishxonadagi yumushlarni ado etishda sizga birovlarning ko’magi zarur bo’lmaydi. O’zingiz qoyillata olasiz. Hatto, rahbarlar taqdim etgan yangi loyihalarni ham xuddi shunday qoyillatib bajarasizki, hamkasblar hayratdan yoqa ushlashlari tayin. Demak, mukofotdan umid qilaversangiz bo’ladi. Mukofot naqd xudo xohlasa.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun pashshadan fil yasamasligingiz kerak yoki buning aksini qilishingiz ham tavsiya etilmaydi. Ko’z o’ngingizda sodir bo’layotgan hodisalarga xotirjam yondashing. Yaqindagina ishga joylashganlarni bugun jiddiy sinovlar va albatta muvaffaqiyatlar kutib turadi. Ijodkorlarning ham bugun omadi chopadi. So’nggi asaringizni eng yaxshi asarlar sirasiga kiritishadi. Infeksiya yuqtirib olishdan o’zingizni ehtiyotlang.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *