O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 13 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

13 fevralda kuningiz xuddi bayramdagidek yorqin va shodon o’tadi. Bunga turli ko’rinishdagi ommaviy tadbirlar yanada yorqin tus beradi. Kun davomida oilaviy bayramlar, korporativlar va unashtirish marosimlari tashkil etilishi kutilmoqda. Bugun aslo spirtli ichimlik iste’mol qilmang. Ishxonangizdagi ishlaringizda ham unumdorlik ko’zga tashlanadi. Ilgari hayotga tadbiq etilmay qolgan loyihalarga yana qaytishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Bugungi kun siz uchun ijodiy va qiziqarli kechishi kutilmoqda. Ayniqsa, ijodkor bo’lsangiz, ilhom parisini tutib olsangiz bas, ishingiz o’ngidan kelaveradi. Bu sohada sizni yaqinlaringiz ham qo’llab-quvvatlashga shay turishibdi. Moliyaviy masalada ham daromadga daromad qo’shish uchun imkoniyatlar yo’q emas. Faqat ularni o’z vaqtida ilg’ay bilsangiz yetarli. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To’g’ri ovqatlaning. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

13 fevral kuni ayrimlar ertalaboq sayohatga otlanishlari mumkin. Yaxshi dam olib qayting. Boshqalar esa ishlashi, moddiy ahvolini yanada yaxshilash harakatida bo’lishi lozim. Qarzlaringiz bo’lsa, qaytarish uchun bugundan qulayini topa olmaysiz. Shaxsiy hayotda jiddiy to’siqlar ko’zga tashlanmaydi. Ba’zilar jufti bilan ro’zg’or ikir-chikirlari tufayli bahslashib qolishi kutiladi. Salomatlikni asrang.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Oilasizlar birinchi bo’lib bo’lg’usi jufti bilan munosabatlarni mustahkamlashi lozim. Esingizdami, bir paytlar tanishgan paytingiz barchasi romantik tarzda kechgandi? Xuddi o’sha lahzalarni qaytarishga harakat qiling. Ishda vaqtni ham, kuchni ham ayamang. Eksperimentlar zarur bo’lsa, ularga ham erk bering. Ba’zida eksperimentlar ham foyda beradi. Anchadan beri yuqori lavozimga ega bo’lish orzusida yurgan do’stlarimizni bugun omad kutib turadi.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

13 fevralda ishxonangizdagi hamkasblarga yana bir bor iste’dodingizni namoyish etish imkoniga egasiz. Bu shuhratingizga shuhrat qo’shadi. Tushdan keyin do’stlardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Janjal mushtlashuvga aylanib ketmasligi uchun o’zingizni qo’lga ola biling. Kechqurun ko’pchilikning plastik kartochkasiga pul o’tkazishlari kutilmoqda. Asabni asrang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Buyuk ishlar oldinda. Shuning uchun kuch va imkoniyatlarni tejashingiz tavsiya qilinadi. Ba’zi do’stlarimiz uchun bugun ish joyida yuqori lavozimni egallash imkoni tug’iladi. Reklama biznesi bilan shug’ullanadiganlar xizmat safariga otlanishlari mumkin. Safar sizga muvaffaqiyatlar taqdim etadi. Faqat serqatnov yo’llarda ehtiyot bo’ling. Kissavurlar ta’qibidan saqlaning. O’zingizni ehtiyot qiling. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

13 fevral kuni yoshlarga o’z hayotiy tajribalaringizni namoyish etishingiz mumkin. Bu ishni ko’ngildagidek ado eta olmasangiz-da, shunday qilishingizga to’g’ri keladi. Ish joyingizdagi yumushlarni bajarishda rejalarni biroz o’zgartirishingiz kerak bo’ladi. Tadbirkor bo’lsangiz, yangi kelishuvlar tashkil etishga shoshilmang. Yaqin orada bunisidan ham foydaliroq kelishuvga erishasiz. Bardosh qiling. Salomatlikni ko’z qorachig’idek ehtiyot qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Kunning birinchi yarmida ajoyib bir hodisa sodir bo’ladiki, favqulodda ishingizni va yashash joyingizni o’zgartirish harakatiga tusha boshlaysiz. Lekin shoshma-shosharlikka yo’l qo’yish yaramaydi. Oldin masalani yaxshilab o’rganib chiqishingiz zarur. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Ba’zilar kechki payt yaqin manzilga safar qilishlari mumkin. Safar xayrli kechadi.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

13 fevralda shaxsiy biznesiga ega do’stlarimiz raqobatchilar bilan suhbat qurishlariga to’g’ri keladi. Suhbat yakkama-yakka bo’lib o’tadi. Siz ulardan birini o’z tomoningizga og’dirish haqida o’ylay boshlaysiz. Ammo buning sira imkoni yo’q. Organizmni jismoniy zo’riqtirishdan tiyiling. Bel va bo’g’imlarni asragan holda, mutaxassisga murojaat qiling. Kerak bo’lsa, muolajalar oling. Sog’liqni pulga sotib olib bo’lmaydi. Shunday emasmi?

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

Ezgu maqsadlarga erishish yo’lida bugun tashabbuskor va faol bo’lishingiz aniq. Buning uchun kuch ham, imkoniyat ham yetarli. Xohish bo’lsa bas. Agar do’stlaringiz yordamiga ehtiyoj sezsangiz, darhol qo’ng’iroqlashing. Baribir katta ishlarni ko’pchilik bilan bamaslahat amalga oshirgan ma’qul. Kechqurun xususiy mulk, uy-joy oldi-sotdisi bilan shug’ullanishingiz kutiladi. Agar o’zingizni yomon his eta boshlasangiz, vrachga uchrashing. Xalqona usullar yordamida davolanish sizga to’g’ri kelmasligi mumkin.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

13 fevral kuni ishlarni shoshma-shosharlikda ado etishga tushasiz. Tezroq barchasini tugatish va do’stlar bilan birga dam olish payida bo’lasiz. Biling, eyforiya ta’siriga tushganlar albatta jiddiy, qo’pol xatolarga yo’l qo’yishadi. Moliyaviy jabhada hali hech kimga ma’lum bo’lmagan qobiliyatingiz yuz ko’rsatib, kissangizni pulga to’ldirishi mumkin. Qolaversa, hisob-kitobda uncha-munchasini ortda qoldirishingiz namoyon bo’ladi. Hamkasblaringiz ham bu qobiliyatingizga guvoh bo’lgach, hayratdan yoqa ushlashlari tayin.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Erta tongdayoq belni mahkam boylab ishga tushishingiz tavsiya etiladi. Tushga qadar barcha ishlarni qoyillatib, keyin bemalol dam olishingiz mumkin bo’ladi. Kun davomida hech kimga sizni bo’ysundirishga yo’l qo’ymang. Yangi tanishuvlardan qoching. Ular sizga faqat ziyon keltiradi. Ayniqsa, internet orqali tanishuvlardan nari bo’ling. Uyquga yotishdan oldin toza havoda sayr qiling.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *