O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 12 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

Atrofdagilarning diqqat markazida bo’lish uchun kuchni ham, imkoniyatni ham ayamang. O’zingizni xayolan ham kamsita ko’rmang. Bu narsa ish unumiga salbiy ta’sir ko’rsatib, ezgu niyatlarni amalga oshirishda to’siq vazifasini o’tashi mumkin. Bugun moliyaviy muammolarni bartaraf etishda jiddiy mushkulotlar tug’ilishi kutiladi. Lekin qarz ola ko’rmang. Imkon doirasida o’z pullaringizdan foydalanishga harakat qiling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

12 mart kuni hayotingizda pozitiv tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Garchi martabangiz shu bahonada eng yuksak cho’qqilarga parvoz qilmasa-da, ziyon ko’rmaysiz. Asosiysi, ish sur’atini pasaytirmang. Ro’zg’oringizda paydo bo’ladigan ayrim muammolarni yo’l-yo’lakay hal eta borsangiz ham bo’ladi. Busiz uydagilaringiz bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun yolg’iz qoling va tashqi ko’rinishingizni tartibga keltirish amallarini ado eting. Bu ayollarga tegishli bo’lib, go’zallik saloniga chiqib kelishingizga to’g’ri keladi. Shaxsiy hayotda barcha nokerak buyumlar, odatlardan voz keching. Muhabbatda rashk degan baloni yaqiningizga yo’lata ko’rmang. Ayrimlar kechki payt xizmat safariga jo’nab ketishi mumkin. Safar har jihatdan qiziqarli kechishiga shubha yo’q.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

12 martda asosan o’zgalarning muammolarini hal etish payida yelib-yugurasiz. Kimlargadir qo’ng’iroq qilish, kimlardandir nimalarnidir iltimos qilish bilan vaqt o’tkazasiz. Ammo sira afsuslanmang. Boshqalarga qancha ko’p yaxshilik qilsangiz, sizga xudodan ikki barobar mukofot keladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda eski xatolar takrorlanish ehtimoli bor. Shaxsiy biznesi borlar bugun nimagadir katta pul tikishdan voz kechishlari kerak.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Yangi va qolib ketgan ishlaringizni tartibga keltirib oling. Kun davomida oilaviy dam olishga chiqsangiz ham foydadan xoli bo’lmaydi. Salomatligingiz keragicha mustahkam. Lekin e’tiborsiz ham qoldirmang. Ko’proq suyuqliklar iching, ovqatni me’yorida iste’mol qiling. Tanani chiniqtirish mashg’ulotlariga e’tibor qarating. Spirtli ichimlikning yoniga ham bora ko’rmang. Kechqurun xonadoningizda qandaydir kichik bayram tashkil etilishi kutiladi. Asabni asrang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

12 mart kuni hayotingizda yangi qirralar ochiladi. Quvonarlisi, buni barcha ko’radi, guvoh bo’ladi. Martabangiz shu qadar tez yuqorilay boshlaydiki, hatto do’stlaringiz ham sizga havas bilan qaray boshlashadi. Kunning ikkinchi yarmida tadbirkorlar boobro’ odamlar bilan tanishish, xizmat safariga jo’nash va yangi kelishuvlarni imzolash kabilarni boshdan o’tkazishadi. Boshqalarning moliyaviy muammolari avtomat tarzda ijobiy hal bo’ladi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Hech kim kutmayotgan yerga borishingiz tavsiya etilmaydi. Bu ham ish, ham shaxsiy hayotingizga taalluqli. Har jabhada sizni bugun tanaffuslar kutib qoladi. Bardoshli bo’ling. Bugun sport bilan shug’ullanish, sevimli xobbiga e’tibor qaratish va tabiat qo’ynida dam olib qaytish xayrli kechadi. Moliyaviy masalada esa muammoni yolg’izlikda bartaraf eta olmaysiz. Yaxshiki, do’stlaringiz bor. Ular kelib ishingizni bitirib berishadi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

12 martda ertalaboq favqulodda safarga otlanishingiz mumkin. Lekin vahimaga tushishingiz asossiz. Safarning ziyonidan ko’ra foydasi ko’proq bo’ladi. Tushdan keyin qachonlardir siz bilan janjallashgan uzoq qarindoshlar mehmon bo’lib kelishi mumkin. Moddiy ahvolingizga bugun barcha havas qilsa arziydi. Kechqurun bemalol do’kon aylanishingiz, yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin bo’ladi. Omadingizni bersin!

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Ertalab qisqa muddatli, biroq juda qiziqarli sayohatga chiqishingiz ehtimoli bor. Shu sayohat davomida eng yorqin lahzalarni boshdan kechirishingiz mumkin. Agar yo’lingizda yangi tanaffuslar paydo bo’lsa, xavotir olmang. Bu ham yaxshilikka. Suyukli insoningiz bilan orangizda muammo bo’lmaydi. Oilasiz bo’lsangiz, to’y taraddudini ko’raversangiz ham yarashadi. Kechqurun toza havo sayrini unutib qo’ymang.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

12 mart kuni oila qurmaganlarning ayrimlari bir ko’rishda muhabbat tuyg’usini o’z ko’ngillaridan kechirishlari mumkin. Shu bilan birga ushbu tuyg’u odamni qanchalar yuksak manzillarga eltib qo’ya olishiga ham shaxsan guvoh bo’lishadi. Ishda dangasalikka yo’l bermang, faol va tashabbuskor bo’ling. Pul masalasida ba’zi to’siqlar ko’ndalang bo’lishi kutiladi. Ammo ularni deb xavotirlanishga sira asos yo’q. Kechqurun safarga otlanishingiz ehtimoli bor. Safar bir umr yodingizda qoladi. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Muammolaringizni o’ylab hadeganda tashvish chekaverishingiz tavsiya etilmaydi. Boshqalarda sizdan o’n chandon ko’proq muammo bo’lishi mumkin. Bu haqda birovlarga arz ham qila ko’rmang. Kunning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan safar shunday qayg’uli lahzalardan xalos bo’lishingizga yordam beradi. Yo’lda ajoyib bir hamroh paydo bo’ladi. Kechqurun esa ro’zg’ordagi muammolar sergak tortishga majbur etadi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

12 martda shon-shuhratga eltuvchi yo’llarning barchasi siz uchun ochiq bo’ladi. Buni azaldan orzulardingiz. Marhamat, qabul qilib oling. Hamkasblar, do’stlar va qarindoshlar bilan munosabatlaringiz a’lo darajada kechadi. Faqat salomatligingizni nazoratda ushlang. Ko’rish va bel masalasida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Vrach qabuliga boring. Hammasi yaxshi bo’ladi.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *