O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 11 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ish haftasining birinchi kunida shunday ish strategiyasini o’ylab topingki, atrofdagilarga ziyoni yetmasin. Hamkasblar orasida kimdir sizning rejalaringizga qarshi harakatlar sodir eta boshlashi mumkin. O’sha xavfdan saqlaning. Shaxsiy hayotingizda ham ayrim kichik muammolar ko’zga tashlanadi. Asosiysi, juftingiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash payida bo’ling. Salomatligingizni asrang. Asabni ehtiyot qiling. Bugun hech kimni ranjitmang.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

11 martda ertalab uyqudan uyg’oniboq ruhan tetiklikka erisha olsangiz, kun bo’yi omad faqat siz tomonda bo’ladi. Qadringizga yetmaydigan odamlarga yordam ko’rsatish haqida o’ylab ham ko’rmang. Inqirozga yuz tutishni istamasangiz, moliyaviy masalada o’ta ishonchli pozitsiyani egallang. Oila qurmaganlar bo’lg’usi juftiga o’zining eng yaxshi jihatlarini namoyish etishlari lozim. Bu qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasining sizga bo’lgan ishonchi, mehrini orttiradi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Ertalabdan oldingizga faqat muvaffaqiyat qozonish maqsadlarini qo’ying. Boshqa hech narsani o’ylamang. Bu shaxsiy hayotingiz bilan ham bog’liq ekanini unutmang. Hali hech kimga ma’lum bo’lmagan iste’dodingizni barchaga namoyish eting. Bugun xuddi shu sohada muvaffaqiyatlar qozonasiz. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida kelajakda juftiga aylanishi mumkin bo’lgan insonni uchratishadi. Bardam bo’ling!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

11 mart kuni ertalabdan dardi, armoni, tashvishi ko’plar sizning oldingizga kelib hasratini to’ka boshlaydi. Shubhasiz, bu behuda emas. Qurbingiz yetgancha ularning qaysidir biriga yordam ko’rsatishingizga to’g’ri keladi. Muhabbatda sizni yuz foiz garmoniya kutib qoladi. Kechki payt farzandlar tarbiyasi bilan ham jiddiy shug’ullanishingiz talab etiladi. Kechqurun oila davrasidagina dam oling.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugungi kuningiz nafaqat unutilmas, balki hayotingizdagi eng yorqin kunlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Go’yo kaftingizga osmondagi eng yorqin yulduz uchib tushadi-yu, sizga baxt, omad, xursandchilik, garmoniya, to’kinlik ulasha boshlaydi. Ijodiy salohiyatingizni yanada kuchaytirish niyatida bo’lsangiz, tajribasi sizdan ko’proq insonlarga murojaat eting. Bilim olishdan, ishingiz bo’yicha malaka oshirishdan tiyilmang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

11 martda nadomatlar bo’lsinki, omad sizdan vaqtincha yuz o’girishi mumkin. Nega? Hoynahoy, dangasalikka erk bergandirsiz. Yoki izlanishdan qo’rqqandirsiz. Biling, odam umrining oxiriga qadar doimo harakatda, izlanishda bo’lishi lozim. Shuning uchun ham xudo siz-u bizni yaratib qo’yibdi. Mushkulotlarga duch kelsangiz, boshqalarni yordamga chaqirishga uyalmang Bu hayot qozoni. Boshqalarga nisbatan saxovatli bo’ling. Salomatlikni asrang.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Sizni eng og’ir lahzalarda qo’llab-quvvatlaganlar bilan hozirgi muvaffaqiyatlaringizni baham ko’rishingiz tavsiya etiladi. Ayniqsa, yaqin qarindoshlardan yordamingizni ayamang. Moliyaviy masalada o’zingiz mo’ljallagancha pulga ega bo’la olmasligingiz mumkin. Ayrimlar lotereya o’ynab pul yutishi ham ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy hayotda taqdirning o’zi sizni xafagarchilik, ko’ngilsizliklardan himoya qiladi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

11 mart kuni yaqin kelajak uchun tuzgan rejalaringizni boshqalarga ko’rsatishga uyalmasligingiz tavsiya qilinadi. Aksincha, barchaga namoyish eting, qanchalar professional ekaningizni ko’rsatib qo’ying. Moliyaviy sohada katta pul topishingiz uchun bir olam imkoniyatlar kutib turadi. Ulardan foydalanishni bilsangiz bas. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan ro’zg’ordagi kemtiklar masalasida jiddiy suhbat bo’lib o’tishi mumkin.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Ish joyingizda hamkasblarni tanqid qilishga sira shoshilmang. Buning o’rniga ular ishonchini qozonishga harakat qiling. Zimmangizdagi vazifalarni aniq va tez ado etingki, moddiy ahvolingiz qay darajada bo’lishi o’sha ishlarga bog’liq. Juda bo’lmasa, badavlat tanishlarga murojaat etishingiz zarur bo’ladi. Salomatligingiz haqida ko’proq qayg’uring. Ovqatlanish rejimini, me’yorlarini buzmang. O’zingizni ehtiyotlang.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

11 martda ishxonada boshqa hamkasblar qatorida qolishdan saqlaning. Ish bajarishda sifat ularnikidan ko’proq bo’lsin. Shunda takrorlanmas xodimga aylanasiz. Shaxsiy muammolarni bartaraf etish uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi. Oilalilar ruhan xotirjam bo’lishlari talab etiladi. Bu juftingiz ranjimasligi uchun poydevor vazifasini o’taydi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Ertalabdan yaqin o’tmishdagi erishgan natijalaringizni sarhisob qiling va yaqin kelajak rejalarini tuzing. Bugungi kun sizga ko’plab kutilmagan sovg’alarni hadya etishga tayyor turibdi. Ish bilan bog’liq ajoyib rejalaringiz bo’lsa, ularni faollik yordamida yanada mustahkamlash imkoniga egasiz. Bugun sport bilan shug’ullanish omadli kechishi mumkin.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

11 mart kuni eng muhim masalalarga e’tiboringizni qarating. Ayniqsa, bu masalalar pul bilan bog’liq bo’lsa, e’tiborni ayamang. Shaxsiy biznesni rivojlantirishni sal kechroqqa qoldiring. Bugun baribir kutilgan natijaga erisha olmaysiz. Bugun jamoaviy ishlar, yig’inlar va kelishuvlar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun oila qurmaganlarni romantika kutib qoladi.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *