O’ylab ko’rdingizmi? 2019 yil 10 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

 

 

QO’Y (21. 03 — 20. 04)

Tabiatingizga xos injiqliklarni boshqalarga namoyish etmagan holda barcha bilan bir xil munosabatda bo’ling. Chunki bugun arzimas gap ham katta janjalga olib kelishi mumkin. Oilasizlar bugun romantikadan umid qilmaganlari ma’qul. Shaharda yashasangiz, teatr yoki kinoga tushib dam olishingiz mumkin. Bu ham romantikaning bir qismi hisoblanadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Velosipedda uching. Salomatligingiz uchun juda foydali kechadi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

10 mart muloqotlarga, bahslarga juda boy bo’lishi kutiladi. Qancha urinmang, bundan qochib qutula olmaysiz. Hatto, dam olishni rejalashtirgan bo’lsangiz ham foydasi yo’q. Dam olishga sira vaqt bo’lmaydi. Moliyaviy masalada tanaffuslar kuzatilishi mumkin. Qo’shimcha daromadli ish topasizki, bu kayfiyatingizni ko’tarib, kissangizni qappaytiradi. Sog’lig’ingiz haqida ko’proq qayg’uring. Surunkali xastalikka chalingan bo’lsangiz, atmosferadagi magnit bo’ronlari xavfidan saqlaning.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Ehtiyotingizni qiling, bugun muammolar oqimi siz tomon yo’l solishi kutilmoqda. Ular ish bilan ham, shaxsiy hayot bilan ham bog’liq bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Ba’zi holatlarda salomatligingizda ham keragicha muammo tug’ilishi hech gap emas. Ovqatlanishda organizmni zo’riqtirar darajaga yetmang. Unga biroz dam beruvchi taomlar iste’mol qiling. Bugun sport bilan shug’ullanishingiz, sershovqin davralarda bo’lishingiz tavsiya etilmaydi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

10 mart kuni quvonchli lahzalarni bir chetga surib qo’yishingizga to’g’ri keladi. Kun davomida ommaviy tadbirlarda, hatto sud jarayonlarida ishtirok etishingiz ehtimoli bor. O’zingizdagi «Men»ni qattiq turib himoya qilishingizga to’g’ri keladi. Juda bo’lmasa, do’stlarni yordamga chaqiring. Shunda jismoniy va ruhiy zo’riqishlardan nariroq bo’lasiz. O’zingizni ehtiyot qiling.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun azaliy orzularni, rejalarni haqiqatga aylantirishingiz uchun qulay imkoniyatlar zohir bo’ladi. Muhabbatda oilasiz do’stlarimiz prinsipiallikdan nari bo’lishlari lozim. Yon berish esa aksincha sizga foyda beradi. Bo’lg’usi juftingiz sizdan xuddi shuni kutmoqda. Ko’p kutdirmang. Niyatiga yetsin. Kunning ikkinchi yarmida shaxsiy ish bilan qo’shni shaharmi, qishloqqami borib kelishingiz kutiladi. Salomatligingiz masalasida ham ayrim kichik muammolar ko’zga tashlanadi. Bardam bo’ling.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

10 martda hayotingizning har bir jabhasiga o’zgartishlar kiritishga harakat qilib ko’ring. Ayniqsa, moddiy jihatingiz tanaffuslar sodir bo’lishiga muhtoj. Pullaringizni hatto yaqinlaringizga ham ishonib topshirmang. Bugun o’ta saxiylik ham sizga ziyon yetkazishi mumkin. Oilalilardan kimdir jufti bilan birga olis safarga otlanishi kutiladi. Bu safar munosabatlaringizni yanada mustahkamlaydi, ishoning. Surunkali xastalikka chalinganlar muolajalar olishni unutmasalar bas.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Buguningiz turli ko’rinishdagi tadbirlarga boy bo’ladi. Siz xohlaysizmi-yo’qmi, ularda ishtirok etishga majbursiz. Kunni kechirishning boshqacha varianti yo’q hisob. Tadbirlarni deb shaxsiy hayotingiz bilan bog’liq rejalar ijrosi ham keyinga surilishi mumkin. Kechqurun kimlardir sizdan qaergadir borib kelish yoki nimanidir qaergadir olib borib berishni iltimos qilishlari kutiladi. Agar haqini to’lab qo’yishsa, albatta boring. Pulning ortiqchasi bo’lmaydi.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

10 mart kuni barcha jabhalarda me’yorga shaxsan guvoh bo’lasiz. Bu siz uchun juda yoqimli kechadi. Do’stlar, qarindoshlar bilan munosabatlaringizga putur yetmaydi. Kunning ikkinchi yarmida xususiy mulk ajrimi masalasida muhim hujjatlarga imzo chekishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Tadbirkorlardan kimdir kechqurun xorij safariga jo’nab ketishi ehtimolga yaqin. To’g’ri ovqatlaning. Rejimni buzmang. Me’yorni biling. Asablarni ehtiyot qiling.

 

O’QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kuningiz chigalliklarga boy bo’lishi mumkin. Shu qadar chigalki, nazaringizda hech qachon bu kun tugamaydigandek tuyuladi. Aslida esa bu chigalliklar sizning foydangizga. Puldorlarga havas bilan qarash o’rniga o’zingiz boyib ketish payida bo’lishingiz kerak. Bu sohada hech kimdan yordam so’ramang. O’z kuchingizga ishoning. Kechqurun do’stlardan biri sizni ko’ngilochar maskanlarning biriga taklif etishi kutilmoqda. Bugun tunda uxlab ko’radigan tushingiz o’ngidan kelishi mumkin.

 

TOG’ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

10 martda kim nima demasin, qanday yo’l-yo’riq ko’rsatmasin, qanday maslahat bermasin, siz masalaga o’z fikrlaringizdan kelib chiqqan holda yondashing. Tadbirkorlar u qadar serdaromad bo’lmasa-da, ayrim foydali shartnomalarni imzolashlari mumkin. Oilada yetakchilikka da’vo qilmang. Undan ko’ra ro’zg’ordagi ayrim kemtiklarni to’ldirishga harakat qiling. Kechqurun safarga chiqmang. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

 

QOVG’A (21. 01 — 19. 02)

 

Kuningiz ajoyib tarzda go’zal kechadi. Muammolar xuddi momoqaldiroq kabi gurros solib ketma-ketiga bartaraf bo’la boshlaydi. Quvonarlisi shuki, qisqa fursatda ulardan asar ham qolmaydi. Oila qurmaganlarning ba’zilari bugun romantik lahzalarni boshdan kechiradi. Bu lahzalarni keragidan ham yoqimliroq, mazmunliroq o’tkazish payida bo’ling, afsuslanmaysiz. Salomatligingiz pand bera boshlasa, xalqona yo’llar bilan davolanishga urinmang. Vrachga murojaat eting.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

10 mart kuni aldanib qolishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun ertalabdanoq sergaklikka alohida e’tibor qarating. Ayniqsa, pul masalasida juda hushyor turing. Kechki payt o’tgan kunlardagi bajargan ishlar uchun haq olishingiz mumkin. Biroq xarajatlar ham oz emas. Kechqurun salomatlik haqida qayg’urgan holda yoga bilan shug’ullanishingiz tavsiya qilinadi.

Xushvaqt bo’ling! Hammavaqt bo’ling!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *