Kulgu

FERUZA QIZ… (Toshkent tibbiyot akademiyasi 1- klinikasi kardioreanimatsiya bo’limi hamshirasi Feruzabonuga hazil she’r)

Комментариев нет

FERUZA QIZ… (Toshkent tibbiyot akademiyasi 1- klinikasi kardioreanimatsiya bo'limi hamshirasi Feruzabonuga hazil she'r)

 

 

* * *

 

Xastaxonang ostonasi og’ir keldi,

Sani izlab o’ta bo’m-bo’sh bag’ir keldi,

Poyingga tiz cho’kmoqqa shay sag’ir keldi,

Feruza qiz, qirchiningdan qiyilmagu-ur,

Mani «oka» deyishdanam tiyilmagu-ur!

 

* * *

 

Sanday hamshirani ming bor suysam-da kam,

Ukol-doring dastidan jiz kuysam-da kam,

Sani ko’rgan ko’zlarimni o’ysam-da kam,

Feruza qiz, qirchiningdan qiyilmagu-ur,

Mani «oka» deyishdanam tiyilmagu-ur!

 

* * *

 

Picha sovuqqonsan desam, chida deysan,

«Suda» desam, san lab burib «tuda» deysan,

Jonga tegib ketdingiz-ku juda, deysan,

Feruza qiz, qirchiningdan qiyilmagu-ur,

Mani «oka» deyishdanam tiyilmagu-ur!

 

* * *

 

Tushmi, o’ngmi?.. Go’yo qalin o’rmondaman,

San ul yonda, man bechora bul yondaman,

Sevgi izhor qila olmay armondaman,

Feruza qiz, qirchiningdan qiyilmagu-ur,

Mani «oka» deyishdanam tiyilmagu-ur!

 

* * *

 

Nima qasding bor bu xasta yuragimda,

Alamlaring bo’rtib ketdi bilagimda,

Ana, tag’in og’riq turdi kuragimda,

Feruza qiz, qirchiningdan qiyilmagu-ur,

Mani «oka» deyishdanam tiyilmagu-ur!

 

* * *

 

Omon bo’lsam, sanga jonim beray devdim,

Omonlikda bi-ir qo’lingni so’ray devdim,

Picha «yuragim»lamasdan turay devdim

Feruza qiz, qirchiningdan qiyilmagu-ur,

Mani «oka» deyishdanam tiyilmagu-ur!

Olimjon HAYIT

 

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

BI-IR KULIShMAYMIZMI?..
KUN KULGISI…
Меню