Tungi pardoz uchun kosmetikani qo'llashda qanday qoidalarga rioya qilish lozim?

Shifokor Farrux Shernazarov:

– Yotishdan kamida bir soat oldin faqat toza teriga qo’llash kerak.
– Krem miqdorini oshirib yubormaslik lozim, chunki uning ortiqchasi ertalab shish paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
– Qo’llashdan 15 daqiqa o’tgach, yuz qog’oz salfetka bilan artib olinadi.
– Yoshga mos keladigan parvarishni tanlash.
– 25 yoshga qadar faqat tonus uchun kerak, juda quruq yoki ta’sirchan teri uchun tinchlantiruvchi vositadan foydalanish mumkin.
– 30 yoshdan keyin har bir kishining terisi oziqlantirishga muhtoj,
– 40 yoshdan keyin esa kremga zardob (sivorotka) qo’shish tavsiya etiladi.
– Maxsus tungi kosmetikani kunduzgisi bilan almashtirmaslik kerak.
– Regeneratsiya uyquning chuqur bosqichida faollashadi, parvarishning sifatli ishlashi uchun yetarli darajada 7-8 soat uxlash kerak.

«Sog’lom hayot»