million jamoasi

million jamoasi

’’Million‘‘ning konserti qachon Youtube‘ga chiqadi?

Joriy yilning aprel oyi boshlarida ’’Million‘‘ kulgi jamoasi o‘zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor. Keyinchalik, an’anaga ko‘ra, oradan 4-5 oy o‘tib ushbu konsertning disklarga yozilgan nusxalari keng ommaga havola etilar edi. Mana oltinchi oy o‘tyapdiki konsertdan hanuz darak yo‘q. Nega? Keling, bu borada bir oz mulohaza yuritamiz.

Oldingi yillardan farqli o‘laroq ’’Million‘‘ jamoasi ilk marta gastrol safarlariga chiqishni boshladi. Apreldagi konsert kunlari tugashi bilanoq Rossiya Federatsiyasiga safar qilindi. U yerdagi vatandoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashib qaytgan jamoa yozning o‘rtalaridan respublikamiz bo‘ylab turni boshladi. Hozircha, yurtimizning bir nechta shaharlari: Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro, Shahrisabz va Navoiy bo‘ylab tomoshalar taqdim qilindi. Taxminimizga ko‘ra, sentabr oyidagi tur Samarqand va Nukus shaharlaridagi konsertlar bilan yakunlansa kerak. Oktabr oyidagi taqvim esa hali e’lon qilinmadi.

Endi ’’Xalqlar do‘stligi‘‘dagi konsert nega disklarga va Youtube‘ga chiqmayotganiga to‘xtalsak. Jamoa apreldagi konsertda namoyish etgan nomerlarini hozirda gastroldagi chiqishlarida ham ko‘rsatmoqda. Agar konsert yozilgan disklar gastrolning o‘rtalaridan chiqarilsa tabiiyki bu chiqishlar keyinchalik qiziq bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda ’’yemaydi‘‘. Shunday ekan, jamoaning yurtimiz bo‘ylab sayohati tugashi bilan Siz kutgan o‘sha kun ham albatta keladi (InshaAlloh).

64 / 100 SEO оценка

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *