Tuareglar — hamma odati islom an'analariga teskari bo'lgan islomiy qabila

Afrika sahrolarida Tuareg deb nomlangan g’ayrioddiy yarim ko’chmanchi qabilalar istiqomat qiladi. Bu qabila odamlari islom dinini qabul qilgan, ammo oilada matriarxat bo’lib, ayol kishi hukmronlik qiladi. Umumiy hisobda tuareglarning soni 2 milliondan ziyod va ular «qum tepalar xo’jayinlari» deb ataladi. Tuareglarning butun hayoti davomida mustamlakachi davlatlarning biron biri ularni zabt eta olmagan ekan. Ajablanarlisi, odamlar butun sahroni besh qo’lidek yaxshi bilishadi va ming yillar davomida sahroning og’ir sharoitida yaxshi yashab kelmoqdalar. Qabilaning asosiy boyligi chorvachilikdir. Shu bilan birga, ayol tuya va qo’ylarning barchasini nazorat qiladi. Ayol hukmronligining mavqei juda baland bo’lib, islomgacha bo’lgan davrlardan beri qabiladagi ayol katta lavozimni egallab keladi. Chorvadagi hayvonlarni tarqatish, taqsimlash va sotish bilan faqat oilaning onasi shug’ullanadi. Shunga ko’ra, Tuaregning barcha moddiy javobgarligi ayolga tegishli. Turmush qurmagan erkaklarning o’ziga xos mulki yo’q. Agar er-xotin ajrashsa xotin nafaqat bolalarga bo’lgan huquqlarni, balki qolgan barcha mulklarni ham o’ziga mulk qilib oladi.

 

Tuareglar — hamma odati islom an'analariga teskari bo'lgan islomiy qabila

 

 

Cho’l odamlarining urf-odatlari ko’p jihatdan Islom diniga to’g’ri keladi, ammo ularni faqat erkaklarigina hijob kiyadilar.

 

Tuareglar — hamma odati islom an'analariga teskari bo'lgan islomiy qabila

 

Barcha Tuareg kiyimlari o’ziga xos ko’k rangga ega.

 

Tuareglar — hamma odati islom an'analariga teskari bo'lgan islomiy qabila

 

 

Tarixiy jihatdan, Tuareg jamiyati o’z oilaviy aloqalarini faqat ona hukmronligi orqali boshqaradi. Barcha mol-mulk: chodirlar, chorva mollari va boshqa qimmatbaho buyumlar ayolga tegishli. Ularning boshqa islom dinidagi musulmonlardan yana bir asosiy farqi shundaki, erkak faqat bir marta va bitta ayolga uylanish huquqiga ega ekan.

 

Tuareglar — hamma odati islom an'analariga teskari bo'lgan islomiy qabila

 

G’alati qabila…